SATA maktabi
Bilim, tillar va zamonaviy koʻnikmalar — bir maktabda
Umumtaʼlim fanlari bilan bir qatorda ingliz tili va IELTS, SAT tayyorlov, IT Lab, Science va mental arifmetika. Farzandingizning baholari, davomati va uy vazifalari — My SATA ilovasida.
- oʻquvchi
- oʻqituvchi
- fan
01Biz haqimizda
Fanlar, tillar va ota-ona bilan ochiq hamkorlik
SATA maktabida umumtaʼlim fanlari — ona tili va adabiyot, matematika, tarix, tabiiy fanlar — bilan bir qatorda ingliz tili va IELTS, SAT tayyorlov, IT Lab va mental arifmetika mashgʻulotlari oʻtiladi.
Maktab hayoti UFLEX School raqamli platformasida yuritiladi: baholar, davomat, uy vazifalari, dars jadvali va toʻlovlar bitta tizimda. Ota-onalar bularning barchasini mobil ilovada koʻrib boradi.
-
Keng fanlar tanlovi
Tillar, aniq va tabiiy fanlar, informatika, sanʼat va jismoniy tarbiya.
-
Ota-onaga darhol xabar
Yangi baho, darsga kelmaslik yoki kechikish, yangi uy vazifasi haqida ilovaga bildirishnoma keladi.
-
Hammasi bir tizimda
Dars jadvali, eʼlonlar, toʻlovlar va shartnomalar — UFLEX School platformasida.
02Yoʻnalishlar
Oʻquv yoʻnalishlari
Dars jadvalidagi fanlar asosida guruhlangan asosiy yoʻnalishlar.
-
Ingliz tili va IELTS
Ingliz tilini bosqichma-bosqich oʻrganish va xalqaro IELTS imtihoniga tayyorgarlik.
-
SAT tayyorlov
Xorijiy universitetlarga kirishda topshiriladigan SAT imtihoniga tayyorgarlik.
-
IT Lab va informatika
Kompyuter savodxonligi va raqamli texnologiyalar boʻyicha amaliy mashgʻulotlar.
-
Mental arifmetika
Ogʻzaki hisoblash, diqqat va xotirani rivojlantiruvchi mashgʻulotlar.
-
Science
Tabiiy fanlar: tirik tabiat, moddalar va Yer haqidagi bilimlar.
-
Matematika
Mantiqiy fikrlash va masala yechish koʻnikmasini shakllantiradigan fan.
-
Tillar va adabiyot
Ona tili, adabiyot va rus tili; ogʻzaki nutq, oʻqish savodxonligi va husnixat.
-
ART CLASS va texnologiya
Rasm, ijodiy ishlar va qoʻl mehnati orqali tasavvurni rivojlantirish.
- Oʻzbekiston tarixi
- Jahon tarixi
- Jismoniy tarbiya
- Kelajak soati
03Ota-onalar uchun
Farzandingizning maktabdagi kuni — telefoningizda
«My SATA» mobil ilovasida ota-ona farzandining oʻqishini kuzatib boradi. Bir nechta farzand boʻlsa, ular orasida almashib koʻrish mumkin.
Davomat
Oylik kalendarda: keldi, kelmadi, kechikdi, sababli.
Baholar
Fanlar boʻyicha kundalik va chorak baholari.
Uy vazifalari
Berilgan vazifa, topshirish muddati va qoʻyilgan ball.
Dars jadvali
Sinfning haftalik dars jadvali kunlar boʻyicha.
Toʻlovlar
Toʻlovlar tarixi va hisob holati.
Eʼlonlar
Maktab eʼlonlari bir joyda.
Reyting
Baholar, davomat, xulq va testlar asosida.
Shartnomalar
Shartnomani ilovada oʻqib, onlayn imzolash.
Savol boʻlsa — ilova ichidagi chat orqali maktab maʼmuriyatiga yozish mumkin. Ilova oʻzbek, rus va ingliz tillarida.
04Qabul
Qabulga ariza qoldiring
Formani toʻldiring — ariza maktabning qabul boʻlimiga tushadi va siz bilan koʻrsatilgan raqam orqali bogʻlanishadi.
- ArizaBolaning ismi va telefon raqamingizni qoldirasiz.
- BogʻlanishQabul boʻlimi siz bilan telefon orqali bogʻlanadi.
- TanishuvQulay vaqtda maktabga kelib, sharoit bilan tanishasiz.
Arizangiz yuborildi
Rahmat! Ariza qabul boʻlimiga yetib bordi — siz bilan koʻrsatilgan telefon raqami orqali bogʻlanishadi.
05Aloqa
Biz bilan bogʻlaning
-
Manzil
-
Ish vaqti
-
XaritaXaritada ochish